Siz qoʻllaringizda hozirgi vaqtda endi yo’q boʻlgan Xalqaro Rerixlar
Markazining (Rossiya, Moskva sh.) N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi doimiy
ekspozitsiyasi toʻgʻrisida bayon qiladigan bukletni ushlab turibsiz.
Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining bevosita ishtirokida Davlat
Sharq muzeyi tomonidan Rerixlar merosi va Lopuxinlar hovli-joyi noqonuniy
olib qoʻyilganligi sababli, N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyining faoliyati 2017
yil 29 apreldan boshlab toʻxtatib qoʻyilgan.
25 yildan ortiq vaqt mobaynida yaratib kelingan noyob muzey ekspozitsiyasi
vahshiyona yoʻq qilindi va qimmatbaho muzey jihozlari va eksponatlarning bir
qismi atayin shikastlantirildi va buzib tashlandi.
Xalqaro jamoatchilik va Muzeyning bosh direktori, akademik va hindshunos
Lyudmila Vasilyevna Shaposhnikovaning koʻp yillik mehnati surbetlarcha yoʻq
qilinib, muzey asoschisi — Svyatoslav Nikolayevich Rerixning irodasi poymol
qilindi.